eng
competition

Text Practice Mode

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

created Jan 14th, 16:45 by Abdulaziz Abduxalilov


0


Rating

131 words
9 completed
00:00
Islom dini ta'limotida inson o'zi yashab turgan vatanini, dinini, oilasini himoya qilishi eng ulug' amallardan ekanligi ta'kidlangan. Vatan himoyasi uchun harbiylar safida turish ham dinimizda ulkan savobli amal sanaladi.
Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Alloh taolo roziligi yo'lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro'za tutishdan afzaldir, deb marhamat qilganlar.
 
Vatan himoyasida faqat harbiy kishilar emas, balki shu zaminda yashayotgan barchamiz Vatanni himoya qilishimiz, uning gullab yashnashi yo'lida munosib hissa qo'shmog'imiz lozim.  
 
Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam: Kechalari Allohdan qo'rqib yosh to'kkan ko'zni va Alloh yo'lida tunlari posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko'zni do'zax otashi kuydirmaydi, deganlar.  
Termiziy rivoyati.
 
Yurtimiz sarhadlarini qo'riqlab kelayotgan barcha vatandoshlarimizni tan-u jonlarini salomat qilsin, qilayotgan barcha xayrli ishlarida Alloh taolo madadkor bo'lsin!
 

saving score / loading statistics ...