eng
competition

Text Practice Mode

Alisher Navoiy

created Jan 14th 2022, 12:37 by jasuruchiha


0


Rating

85 words
7 completed
00:00
O'zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan.
Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan  ham shug'ullangan. Shoir o'zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O'zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy" ("navo" - kuy so'zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan "Foniy" ("fano" - vaqtincha, o'tkinchi so'zidan) va ba'zan "Navoiy" taxallusini qo'llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60000 ga yaqin misrani tashkil etadi.

saving score / loading statistics ...